17 fev 01:24
Yangiliklar
Tennis

Dimitrov - Istomin. Revansh amalga oshmay qoldi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Gollandiyaning Rotterdam shahrida davom etayotgan nufuzli turnirning ikkinchi davrasida kortga chiqdi.
Istominning ushbu bosqichdagi raqibi bolgariyalik Grigor Dimitrov bo'ldi. Dunyoning 12-raketkasi bo'lib turgan Grigor birinchi davrada germaniyalik Misha Zverevni 6:7(4:7), 6:2, 6:4 hisobida mag'lub etgandi.
Hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda hamyurtimiz kuchli raqibiga 6:7(7:9), 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. Denis yaqinda Melburnda o'tgan Avstraliya Ochiq chempionatining to'rtinchi davrasida aynan Dimitrovga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Demak, revansh amalga oshmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar