05 may 11:50
Yangiliklar
Tennis

Dimitrov Madriddagi turnir g'olibiga aylandi
Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov Ispaniya poytaxti Madrid shahrida yakunlangan ko'rgazmali turnir g'olibiga aylandi.
Dimitrov Tie Break Tens nomli turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida mezbon tennischi Felesiano Lopesni 10:7 hisobida mag'lub etdi.
Bolgariyalik raketka ustasi finalga qadar britaniyalik Daniel Evansni 14:12, ispaniyalik Fernando Verdaskoni esa 10:8 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Fikrlar