26 okt 13:50
Yangiliklar
Dinara Safina Toshkentda yosh tennischilar uchun master-klass o'tkazdi (FOTOGALEREYA)
Mazkur tadbir ITF W15 Tashkent xalqaro ayollar tennis turniri doirasida tashkil etildi.
Dinara Safina master-klassi o'nlab yosh sportchilar, murabbiylar va tennis ixlosmandlarini bir joyga to'pladi. Ishtirokchilar afsonaviy tennischi bilan bevosita muloqot qilish, savollar berish va u bilan birgalikda kortda mashq o'tash imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Mashg'ulot davomida Dinara texnika, psixologik tayyorgarlik va intizomning ahamiyati haqida so'zlab, muvaffaqiyat siri o'yinga muhabbat va mehnatsevarlikdan boshlanishini takidladi.
Mashg'ulotdan so'ng matbuot anjumani, fotosessiya va avtograf-sessiya tashkil etildi, unda sportchi jurnalistlar hamda yosh tennischilar savollariga javob berdi.
"Eng muhimi — har safar kortga chiqqanda jarayondan zavq olish. Muhim narsa faqat g'alaba emas, balki o'sish va o'zingga ishonchdir. Men o'zbekistonlik bolalarning ko'zida o'zim boshlagan paytdagi ishtiyoqni ko'rdim", — dedi Dinara Safina ishtirokchilar bilan suhbat chog'ida.







Fikrlar