24 dek 13:09
Yangiliklar
Tennis
Tennischi qizlarimiz aka-singil Safinlar boshchiligida mashg'ulot o'tkazdi (VIDEO)
Marat Safin va Dinara Safina Dubayda O'zbekiston terma jamoasi azolari bilan hamkorlikda mashg'ulot o'tkazishdi.
ATP va WTA reytinglarining sobiq etakchilari O'zbekiston ayollar terma jamoasining Dubaydagi mashg'ulotiga tashrif buyurishdi. Aka-singil terma jamoamizda ish boshlaydimi yoki yo'q, hozircha bu malum emas. SHunchaki, master-klass ko'rinishidagi mashg'ulot bo'lishi ham mumkin.
Eslatib o'tamiz, rossiyalik tennischilar Mariya Timofeeva, Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova sport fuqaroligini o'zgartirib, O'zbekiston sharafini himoya qila boshladi. WTA reytingida 97-o'rinni egallab turgan Kamilla Rahimova ayni paytda mamlakatimizning birinchi raketkasi bo'lib turibdi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar