26 dek 08:14
Yangiliklar
Tennis
Dinara Safina O'zbekiston safiga o'tgan tennischining yangi murabbiyiga aylandi
Rossiyalik tennischining murabbiyi Ravshan Sultonov terma jamoamiz azosiga oid ushbu o'zgarish haqida gapirdi.
"Biz jamoani Dinara Safina bilan kuchaytirdik — u Polina bilan ishlaydi. Bizga uning tennisga yondashuvi va qarashlari juda yoqadi. Dinara xotirjam, ochiqko'ngil va juda yoqimli inson. Marat Safin ham tanaffus yuzaga kelganida Dubaydagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga tashrif buyurdi. Marat va Dinara juda yaqin. Ular bir-birlarini chinakamiga yaxshi ko'rishadi va qo'llab-quvvatlashadi — hamma uchun ajoyib o'rnak. Murabbiy sifatida men Dinara bilan ishlashda o'zimni qulay his qilaman", deydi Sultanov.
Eslatib o'tamiz, 15 dekabr kuni dunyoning 104-raqamli Polina Kudermetova O'zbekiston bayrog'i ostiga o'tgandi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar