01 apr 18:05
Yangiliklar
Futbol

Diskvalifikaciya qilingan Mo'minjonov norasmiy tarzda "Surxon"ni boshqarmoqda FOTO
"Surxon" sobiq bosh murabbiyi, futboldan bir yilga chetlatilgan Ilhom Mo'minjonov murabbiylikni davom ettiryapti.
"Erudit Sport" gazetasining Telegramdagi kanalida berilgan malumotga ko'ra, "Surxon" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Superliganing 2-tur uchrashuvidan so'ng Mo'minjonovni Surxondaryo klubi stadioni ichida ko'rishgan.
"O'FA va PFL tomonidan 1 yilga futboldan chetlatilgan «Surxon» sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov Termizdagi “Surxon” – “Dinamo” o'yinidan keyingi rasmi. Mo'minjonov norasmiy tarzda “Surxon” bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda" - deyiladi "Erudit Sport" Telegram kanalida.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar