14 okt 09:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Muradovga ilk mag'lubiyatni taqdim etgan Myorshart faoliyatini yakunladi
UFC'ning o'rta vazn toifasida faoliyat olib borgan amerikalik Jerald Myorshart Julius Uokerga muddatidan oldin mag'lub bo'lganidan so'ng professional faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Myorshart va Uoker o'rtasidagi jang 11 oktyabrga o'tar kechasi Las-Vegasda tashkil etilgan UFC Vegas 122 turniri doirasida bo'lib o'tdi.
Bellashuvning ikkinchi raundida Julius Uoker texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. SHundan so'ng Myorshart MMAdagi faoliyatini tugatishini malum qildi.
Jerald Myorshart professional faoliyati davomida 37 ta g'alaba va 23 ta mag'lubiyat qayd etdi. Julius Uokerning rekordi esa 8 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyatdan iborat.
Malumot uchun, Mahmud Muradov faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini 2021 yilning avgustida o'tkazilgan UFC Vegas 35 turnirida aynan Jeralddan qabul qilib olgandi.

Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar