09 avg 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu Professional League 4 turnirining yana bir jangi tasdiqlandi + POSTER
22 avgust kuni Andijon shahridagi "Universal" sport majmuasida Mangu Professional League 4 turniri bo'lib o'tadi.
Liga tomonidan to'rtinchi bor tashkil etilayotgan musobaqaning yana bir jangi rasman elon qilindi. Yarim o'rta vazn toifasidagi hamyurtimiz Mo'minjon Mamajonov (5-0-1) eronlik Ebraxim Nirui (4-2-0)ga qarshi oktagonga chiqadi.
Mamajonov 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyatini shu yil 24 iyul kuni WEF ligasida Manas Temirbekovdan qabul qilib olgan. Eronlik aralash yakkakurash vakili esa 4 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Oxirgi jangini o'tgan yilning may oyida o'tkazib, Vladislav Derevenshixga yutqazgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar