16 mar 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol Olimpiada chempioni bo'la olmaganidan afsusdami?
Boks bo'yicha yarimog'ir vazn (79,2 kg) toifasida mutlaq chempion hisoblangan rossiyalik Dmitriy Bivol Olimpiada chempioni bo'lmaganidan afsusda emasligi haqida gapirdi.
"Har qanday salbiy holatni ijobiyga aylantirishga harakat qilaman. Qaysidir pallada, hamma narsani uddalash mumkin emasligini tushunish kerak. Albatta, Olimpiya medali — bu o'ziga xos va qimmatli narsa, lekin men Yaratganga shukurki, mutlaq jahon chempioni bo'ldim. Bu ham mening orzularimdan biri edi», — dedi Bivol.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar