So’nggi yangiliklar

14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0

14 iyu 07:19
Yangiliklar

Velosport

Dmitriy Bocharov yo'llanma uchun ichki kurash haqida: "Raqobat anchagina kuchli edi"

Xabaringiz bor, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlari uchun erkaklar o'rtasida veloshosseda guruh poygasi uchun bitta yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Iyun oyida mamlakat birinchiligidagi g'oliblikdan so'ng ushbu yo'llanma terma jamoaning yosh sportchisi Dmitriy Bocharovga ishonib topshirildi.

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi matbuot xizmati Dmitriy Bocharov bilan suhbat uyushtirib, bir qancha savollarga javob oldi.

— Siz o'zingizning 22 yoshingizda Olimpiadada debyut qilyapsiz. Faoliyatini 2015 yilda boshlagan velosportchi uchun bu qanchalik erta yoki kech hisoblanadi?

— Bu juda yaxshi natija, menimcha. Har holda, men shu kungacha velosport bahslarida qatnashgan o'zbeklar orasida eng yosh atletman.

— Parijdagi Olimpiadada ishtirok etishingiz musobaqa startiga deyarli bir oy qolganida aniq bo'ldi. Unga tayyorgarlik qay darajada bo'lmoqda?

— To'g'ri, Olimpiadaga oz vaqt qoldi. Lekin men bu musoboqa uchun butun faoliyatim davomida tayyorgarlik ko'rib kelmoqdaman. Hozirgi vaqtda esa mashg'ulotlarni ko'paytirgan holda yuqori darajada olib bormoqdaman. Hozir olib borayotgan mashg'ulotlarim Olimpiada vaqtida jismoniy holatimni maksimal darajaga olib chiqishi uchun mutaxassis-murabbiylar tomonidan tuzib chiqilgan.

— Umuman olganda, Parijga borish hayolingizga kelganmidi? Har holda bu yo'lda sizdan tashqari uch nafar velosportchi raqobatga kirishgan edi.

— Parij Olimpiadasida ishtirok etaman, deb o'ylamagan edim. Lekin shu kungacha aynan shu maqsad ila shug'ullanib keldim. To'g'ri, raqobat anchagina kuchli edi. Lekin biz bir jamoamiz va barchamizning maqsadimiz bir narsaga yo'llangan edi. Bu ham bo'lsa Olimpiadada O'zbekiston bayrog'ini yuqoriga ko'tarib, butun jahon oldida o'z madhiyamizni yangratish. Bu imkoniyat menga berilganidan juda xursandman!".

— O'zingizning debyut Olimpiadangizdan nimalar kutyapsiz?

— Bu mening ilk Olimpiadam. Davlatimiz prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev, shuningdek, Tanzila Kamolovnaga bizga bergan yordami va bildirgan ishonchi uchun rahmat aytmoqchiman. Qolaversa, menga yaqindan yordam ko'rsatgan barcha insonlarga ham minnatdorchilik bildiraman. Maqsadim — albatta jamoamning ishonchini oqlashdir!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing