02 mar 13:59
Yangiliklar
Tennis

Donna Vekich Akapulko turniri yarim finalida to'xtadi
WTA reytingida 28-o'rinni egallab turgan Donna Vekich Meksikaning Akapulko shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini to'xtatdi.
Xorvatiyalik tennischi yarim finalda xitoylik Van Yafanga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bir soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Van 2:6, 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Xitoylik tennischi dunyo reytingida 65-pog'onadan joy olgan. Endi Yafan Abierto Mexicano Telcel turnirining bosh sovrini uchun amerikalik Sofiya Keninga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar