07 jan 12:00
Yangiliklar
Tennis

Doxa (ATR). Finalda Jokovich - Marrey to'qnashuvi
Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 1 237 190 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar ExxonMobil Open turnirida yarim final uchrashuvlari o'tkazilib, finalchilar nomi malum bo'ldi.
Dunyoning birinchi raketkasi britaniyalik Endi Marrey chexiyalik Tomash Berdixni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi raqam ostida tasniflangan serbiyalik Novak Jokovich esa ispaniyalik Fernando Verdaskoni qiyinchilik bilan uch set natijasiga ko'ra 4:6, 7:6(7), 6:3 hisobida engdi.
YARIM FINAL
Novak Jokovich (Serbiya, 2) – Fernando Verdasko (Ispaniya) – 4:6, 7:6 (7), 6:3
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – Tomash Berdix (CHexiya, 3) – 6:3, 6:4
Havola :
Fikrlar