06 jan 10:25
Yangiliklar

Doxa (ATR). Jokovich, Marrey, Verdasko va Berdix yarim finalda
Sovrin jamg'armasi 1 237 190 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Qatar ExxonMobil Open turnirida chorak final uchrashuvlari o'tkazilib, yarim finalchilar malum bo'ldi.
Dunyoning birinchi raketkasi britaniyalik Endi Marrey ispaniyalik Nikolas Almagroni qiyinchilik bilan 7:6 (4), 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi raqam ostida tasniflangan serbiyalik Novak Jokovich esa chexiyalik Radek SHtepanekdan ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida ustun keldi.
CHORAK FINAL
Fernando Verdasko (Ispaniya) – Ivo Karlovich (Ispaniya) – 6:2, 7:5
Novak Jokovich (Serbiya, 2) – Radek SHtepanek (CHexiya) – 6:3, 6:3
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – Nikolas Almagro (Ispaniya) – 7:6 (4), 7:5
Tomash Berdix (CHexiya, 3) – Jo-Vilfrid Tsonga (Franciya, 5) – 7:5, 6:3
Fikrlar