14 dek 19:10
Yangiliklar

Dubayda Nigina va Sabina o'rtasidagi “o'zbek derbisi” bo'lib o'tdi
Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi hamda ikkinchi raqamli tennischilari - Sabina SHaripova va Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti.
Etiborlisi, bugun ikkinchi davra uchrashuvida birinchi davrada g'alabaga erishgan ikki tennischimiz Sabina SHaripova va Nigina Abduraimova bir-birlariga qarshi kortga chiqishdi. Bu kamdan-kam kuzatiladigan holat.
Uchrashuvda birinchi raketkamiz bo'lib turgan SHaripova ikkinchi raqamli tennischimiz Abduraimovani 6:4, 6:3 hisobida g'alaba qozondi. Uning chorak finaldagi raqibasi gollandiyalik Lesli Kerxove bo'ladi.
Malumot uchun, Sabina birinchi bosqichda xorvatiyalik Yana Fettni 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etgandi. Abduraimova esa turnirning to'rtinchi raketkasi, lyuksemburglik Mendi Minelladan 6:1, 7:5 hisobida ustun kelgan edi.
Fikrlar