23 fev 11:41
Yangiliklar

Dubaydagi turnirda yarim final ishtirokchilari malum
Premier toifasidagi turnirning chorak final uchrashuvlaridan so'ng yarim finalga yo'l olgan tennis malikalari nomi malum bo'ldi. Rossiyalik tennischilar - Darya Kasatkina va Elena Vesnina uchrashuvida Kasatkina 7:6 (7:5), 6:1 hisobida zafar quchdi.
Uning final ostonasidagi raqibasi ispaniyalik Garbine Mugurusa bo'ladi. Ikkinchi yarim final juftligida germaniyalik Anjelik Kerber hamda ukrainalik Elina Svitolina o'zaro to'qnash kelishadi.
Sovrin jamg'armasi – 2 623 485 dollar
Ochiq xard kortlar. CHorak final
Elina Svitolina (Ukraina) – Naomi Osaka (Yaponiya) 6:2, 6:4
Anjelik Kerber (Germaniya) – Karolina Plishkova (CHexiya) 6:4, 6:3
Darya Kasatkina (Rossiya) – Elena Vesnina (Rossiya) 7:6, 6:1
Garbine Mugurusa (Ispaniya) – Karolin Garsiya (Franciya) 7:5, 6:2
Fikrlar