14 jan 15:23
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning 127-raketkasi bo'lgan Mertens 40-tennischini mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi
Avstraliyaning Xobart shahrida tennis bo'yicha WTA turkumidagi nufuzli turnir yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ruminiyalik Monika Nikulesku belgiyalik Eliza Mertensga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 16 daqiqa davom etgan final bahsi kutilmagan natija bilan tugadi.
Dunyo reytingida 40-o'rinni egallab turgan Nikulesku 127-raketka hisoblangan Mertensga 3:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eliza ushbu muvaffaqiyatli ishtiroki uchun 43 ming dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosiga ega bo'ldi. Qolaversa, avtomatik ravishda reytingda 82-pog'onaga ko'tarilib oladi.
FINAL
Elisa Mertens (Belgiya) – Monika Nikulesku (Ruminiya, 3) – 6:3, 6:1
Havola :
Manba : iSport.ua
Fikrlar