15 iyu 11:30
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning 13-raketkasi “Uimbldon”da qatnashmaydi
Belgiyalik tennischi David Goffen “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon-2017” turnirida ishtirok eta olmaydi.
Bunga dunyoning 13-raketkasining jarohat olganligi sabab bo'lgan. Goffen bu haqda o'zining Twitter ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar qoldirdi.
“SHuni katta afsus bilan malum qilamanki, bu yilgi Uimbldon turnirida ishtirok eta olmayman. Jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni reja asosida ketyapti. Lekin turnirgacha jarohatdan to'liq forig' bo'lmayman”, - dedi Goffen.
Malumot uchun, belgiyalik tennischi “Rolan Garros” turnirining uchinchi bosqichi doirasidagi argentinalik Orasio Sebalosga qarshi kechgan uchrashuvda oyog'idan jarohat olgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar