17 okt 10:05
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning 182-raketkasi ilk WTA sovrinini qo'lga kiritdi
Xitoylik SHuay Pen faoliyatidagi ilk WTA tasnifiga kiruvchi turnirdagi ilk titulini qo'lga kiritdi.
Dunyoning 182-raketkasi bo'lib turgan CHin yurti vakilasi o'z mamlakatining Tyanczin shahrida o'tkazilgan turnirda bosh mukofot sohibasiga aylandi. U final uchrashuvida dunyoning 56-raketkasi amerikalik Elison Riskeni 7:6(3), 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu muvaffaqiyat 30 yoshli SHuayga 111,164 dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar