11 fev 07:58
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning 210-raketkasi Monpeleda tengsiz bo'ldi
Franciyalik tennischi Jo-Vilfrid Conga o'z vatanida o'tkazilgan ATP turniri g'olibiga aylandi.
Monpele shahri mezbonlik qilgan musobaqaning final uchrashuvida dunyoning 210-raketkasi bo'lib turgan franciyalik tennischi reytingning 44-pog'onasidan joy olgan hamyurti Per-Yuge Erberdan ustun keldi.
Conga 1 soatu 13 daqiqa davom etgan final uchrashuvda 27 yoshli raqibini 6/4, 6/2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok 33 yoshli Jo-Vilfridga 90 390 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Open Sud de France turniridagi bosh sovrin Conga uchun faoliyatidagi 17-titul bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar