10 sen 08:52
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning 83-raketkasi US Open-2017 g'olibi bo'ldi
Nyu-York shahrida davom etayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining xotin-qiz tennischilar musobaqasida g'olib aniqlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida ikki amerikalik tennischilar - Sloan Stivens hamda Medison Kiz o'zaro to'qnash kelishdi. Dunyo reytingida 83-o'rinni egallab turgan Stivens 16-raketka hisoblangan Kizni 6:3, 6:0 hisobida taslim etdi.
Final uchrashuvi
roppa-rosa bir soat davom etdi. Sloan faoliyatida ilk bor “Katta Dubulg'a”
turkumiga kiruvchi turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Ikki tennischi
o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlarda Stivens 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi.
Havola :
Fikrlar