04 mar 13:21
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning 9-raketkasi Akapulkoda bosh mukofotga ega chiqdi
Meksikaning Akapulko shahrida tennis bo'yicha Abierto Mexicano Telcel turniri yakunlandi.
Mazkur musobaqada argentinalik Xuan Martin Del Potro bosh mukofotni qo'lga kiritib, turnir chempioniga aylandi. U ropa-rosa 100 daqiqa davom etgan final uchrashuvida JAR vakili Kevin Andersonni 6:4, 6:4 hisobida taslim etdi.
Meksika turniridagi bir haftalik muvaffaqiyatli ishtirok dunyoning to'qqizinchi raketkasi hisoblangan Del Potroga 354 130 dollar mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar