23 iyu 12:58
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning beshinchi raketkasi Gshtaadda 1/2 finalga chiqdi
SHveycariyaning Gshtaad shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri davom etmoqda.
Bosh sovrin uchun asosiy davogar bo'lib turgan dunyoning beshinchi raketkasi Kasper Ruud musobaqaning yarim finalida ATP reytingida 63-o'rinni egallab turgan ispaniyalik Xaume Munyarni qiyinchilik bilan taslim etdi - 7/6(3), 7/6(4).
Har ikkala set g'olibi tay-brekda aniqlangani ham bahsning qanchalik murakkab kechganini ko'rsatmoqda. Ikki soatu 18 daqiqa davom etgan uchrashuvda Ruud 3 ta, Munyar 4 ta eys zarbani amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob yiriklashdi - 4:0.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar