16 may 09:43
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi Rim "Masters" 1/2 finalida
Italiya poytaxti Rim shahrida o'tkazilayotgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirda yarim finalchilar aniqlandi.
Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner 1/4 finalda ATP reytingida 7-o'rinni egallab turgan norvegiyalik Kasper Ruudni sochib tashladi - 6/0, 6/1. Italiyalik tennischi o'zaro to'rtinchi uchrashuvda ham Ruuddan ustun keldi.
Oltmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham bittadan eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha to'liq ustunlik tabiiyki, Sinner tomonida bo'ldi - 6 ga 0. Yannikning mag'lubiyatsiz seriyasi 25 ta uchrashuvga etdi. U bu yilgi mavsumda hali yutqazmadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar