15 fev 09:49
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning beshinchi raqamli tennis malikasi ishtirokini yakunladi
Melburn shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida nimchorak final uchrashuvlari o'tkazilyapti. Biroz avval dunyoning beshinchi raketkasi Elina Svitolina mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Ukrainalik tennis malikasi amerikalik 26 yoshli Jessika Pegulaga 4:6, 6:3, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bundan bir oycha avval Pegula aynan Svitolinaga 4:6, 3:6 hisoblarida yutqazgandi. Revansh Australian Open turnirida olindi.
Havola :
Fikrlar