16 fev 09:31
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi 1/4 finalga yo'l oldi
Melburn shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha Avstraliya Ochiq chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi musobaqaning ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida chorak final ishtirokchilari malum bo'lmoqda. Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Eshli Barti nimchorak final uchrashuvida g'alabaga erishdi.
Avstraliyalik 24 yoshli tennischi 71 daqiqa davom etgan bahsda reytingning 57-pog'onasidan joy olgan amerikalik 28 yashar SHelbi Rojersni 6/3, 6/4 hisoblarida mag'lub etdi. Endi Eshli Australian Open chorak finalida chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar