01 okt 09:02
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi chempionlik himoyasini davom ettirmoqda
Xitoy poytaxti Pekin shahrida tennis bo'yicha ATP 1000 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner ushbu musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Italiyalik tennischi chorak finalda ATP reytingida 37-o'rinni egallab turgan chexiyalik Irji Lexechkadan ikki set natijasiga ko'ra ustun keldi - 6/2, 7/6(6).
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Sakson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Sinner 7, Lexechka 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar va breyklar bo'yicha ustunlik ham mos ravishda 3 ga 0 va 2 ga 0 ko'rinishida Yannik foydasiga bo'ldi. Ikkinchi setda Irji tay-breykda ikkita setboldan foydalana olmadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar