20 fev 11:06
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi Dubaydagi turnirda yutqazdi
Dunyoning birinchi raketkasi Naomi Osaka BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Yaponiyalik tennischi ilk uchrashuvidayoq franciyalik Kristin Mladenovichga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Reytingning 67-pog'onasidan joy olgan Mladenovich kuchli raqibasini 6/3, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Kristin Dubai Duty Free Tennis Championships turnirining uchinchi bosqichida ispaniyalik Karla Suares Navarroga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar