16 jan 14:00
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi ikkinchi davraga chiqdi
Ayollar o'rtasida dunyoning birinchi raqamli tennischisi hisoblangan Simona Xalep Avstraliyadagi "Ulkan toj"ni g'alaba bilan boshladi.
Sportchi ilk davrada avstraliyalik Destani Ayyavaga qarshi o'yin o'tkazdi. 1 soat 51 daqiqa davom etgan bahsda u raqibini 7:6, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi u ikkinchi bosqichda kanadalik Ejeni Busharga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar