08 may 09:31
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi Madridda ikkinchi g'alabasiga erishdi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etayotgan dunyoning birinchi raketkasi Naomi Osaka ikkinchi g'alabasini tantana qildi. Yaponiyalik tennis malikasi bu safar ispaniyalik Sara Sorribes-Tormodan ustun keldi.
Osaka 2 soatu 35 daqiqa davom etgan uchrashuvda reytingning 73-pog'onasidan joy olib turgan raqibasini 7:6(5), 3:6, 6:0 hisobida dog'da qoldirdi. Endi 21 yoshli Naomi uchinchi davra uchrashuvida belaruslik Aleksandra Sosnovichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar