06 may 08:39
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi Madridda muvaffaqiyatli start oldi
Ispaniyaning Madrid shahrida grunt, yani qum qoplamali nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi Naomi Osaka musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi. Yaponiyalik tennischi ilk davrada slovakiyalik Dominika Cibulkovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 55 daqiqa davom etgan bahsda Kunchiqar yurt vakilasi reytingning 33-pog'onasidan joy olgan raqibasidan 6/2, 7/6(6) hisobida ustun keldi. Endi Osaka Mutua Madrid Open turnirining ikkinchi davrasida ispaniyalik Sara Sorribes-Tormoga qarshi kortga chiqadi. Sara vatandoshi Lara Arruabarrenani engdi - 64, 3/6, 6/1.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar