09 jan 11:19
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasi o'z uyidagi turnir finaliga chiqdi
Avstraliyaning Adelaida shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Adelaide International turnirida final ishtirokchilari malum bo'ldi. Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Eshli Barti 88 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida reytingning 9-pog'onasida borayotgan polshalik Iga Svyontekni mag'lub etdi - 6/2, 6/4.
Bahs davomida 25 yoshli Eshli 3 ta breyk, 5 ta eys zarbasini ijro etdi. 20 yoshli Iga esa 7 ta eys zarbani amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Bugun Barti o'z uyida o'tkazilayotgan Adelaide International bosh sovrini uchun qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar