07 jan 08:36
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi Xitoyda tengsiz bo'ldi
Xitoyning SHenchjen shahri mezbonlik qilgan yilning dastlabki WTA tasnifidagi turniri yakunlandi.
Musobaqada dunyoning birinchi raketkasi Simona Xalep bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Ruminiyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyo reytingida 47-o'rinni egallab turgan chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda Xalep 6:1, 2:6, 6:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu g'alaba Simonaga 163 ming 260 dollar mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi. Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi hisob esa tenglashdi - 1:1.
Havola :
Fikrlar