04 apr 09:49
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi Miami Open g'olibasi
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilgan nufuzli WTA turniri o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning bosh sovrini uchun kechgan uchrashuvda sayyoramizning birinchi raketkasi, avstraliyalik Eshli Barti kanadalik Byanka Andreeskuga qarshi kortga chiqdi. Byanka jarohat sabab bahsni yakuniga etkaza olmadi. Final uchrashuvi Eshli foydasiga - 6/3, 4/0 hisoblari qayd etilayotgan bir pallada to'xtatildi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. 24 yoshli Barti 4 ta, 20 yashar Andreesku esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Miami Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Bartiga 1000 reyting ochkosi hamda 300,110 dollar mukofot pulini keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar