16 fev 10:53
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning sakkizinchi raketkasi bosh sovrin uchun kortga chiqadi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Kiki Bertens musobaqaning finaliga yo'l oldi. Niderlandiyalik tennis malikasi 1/2 finalda mezbonlar vakilasi Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqdi.
Bertens 101 daqiqa davom etgan bahs yakunida WTA reytingida 28-o'rinni egallab turgan raqibasini 6/1, 4/6, 6/1 hisobida dog'da qoldirdi. Endi 22 yoshli Kiki St.Petersburg Ladies Trophy bosh sovrini uchun uchrashuvda qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar