So’nggi yangiliklar

15:04Фақат уч мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб эта олган 0 14:43Мирафзал Ахтамов қайтмоқда: У Усман Нурмагомедов билан бир кардда жанг қилади, рақиб ҳам аниқ (Тўлиқ кард) 0 14:22Тўрабек Назарқулов Жаҳон чемпионати совриндори! 0 14:01Муҳаммаджон Қурбонов Naiza 76 турнирида бразилиялик рақибини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 13:40"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 млн евро тўлашга тайёр 0 13:19Телманов Junior Asian Cup 2025 ғолиби! Абдураззоқовда иккита медаль, Ҳимматов ҳам шоҳсупада 0 12:58Асу Алмабаевга 25 та ғалабаси бор жангчи "вызов" ташлади 0 12:37Ўзбекистон пара велоспорт терма жамоаси катта таркибда ЖЧга боради 0 12:16Лука Модрич А Серия рекордини ўрнатди 0 11:53Нодирбек Якуббоев асосий рақиби билан дуранг ўйнади 0 11:32Мартон Фучович Winston-Salem Open чемпиони! 0 11:11Исроил Мадримовнинг вазнида кутилмаган чемпион 0 10:43Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 10:17Россиялик теннисчи Мексикада чемпион бўлди 0 09:51Усман Нурмагомедов: "Бир йилдан кейин UFC`да бўламан — ўшанда гаплашамиз" 0

15 noy 09:04
Yangiliklar

Tennis

Dunyoning sobiq ikkinchi raketkasi faoliyatini yakunladi

Polshalik tennis malikasi Agneshka Radvanska professional faoliyatini yakunlaganini malum qildi.

“Men bugun hayotimdagi eng muhim va shu bilan birga og'ir qarorlardan birini qabul qildim. O'n uch yil davom etgan professional tennisdagi faoliyatim yakunlandi. Bu qarorga kelish men uchun oson bo'lmadi. Lekin bu hayot, bu taqdir. 

Faoliyatim mobaynida 20ta sovrin qo'lga kiritdim. Yakuniy turnirda g'olib bo'ldim, Uimbldon turniri finalida o'ynadim. Endi avvalgidek yuqori saviyada mashg'ulot o'tkaza olmayman, turnirlarda ishtirok etolmayman. Inson organizmi hamisha birdek bo'lib qolmaydi”, - dedi Radvanska.

Malumot uchun, Agneshka Radvanska professional tennischilik faoliyatini 2005 yilda boshlagan. O'tgan davr mobaynida u 20ta turnirning yakkalik, 2ta musobaqaning juftlik bahslarida chempion bo'ldi. Turnirlardagi ishtirokidan 27 mln 683 807 dollar ishlab topdi. Agneshka 594ta uchrashuvda g'alabaga erishdi, 269 bahsda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Reytingdagi eng yaxshi natijasi - 2-o'rin bo'ldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing