22 fev 13:39
Yangiliklar
Dzyudo

Dyusseldorf. Diyora Keldiyorovada mag'lubiyat
Xabar berganimizdek, Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Turnirning qizlar o'rtasidagi bahslarida yurtimiz sharafini Diyora Keldiyorova va Nodira Yuldasheva himoya qilyapti. Har ikki dzyudochimiz ham o'z ishtiroklarini birinchi davradan boshlashlari kerak edi.
Afsuski, o'smirlar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan Diyora o'zining birinchi uchrashuvidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. -52 kg vazn toifasidagi Keldiyorova germaniyalik Natali Rouvierega imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar