16 mar 18:58
Yangiliklar
Boks/MMA, Dzyudo

Dzyudo afsonasi UFC'ning 15 millionlik taklifiga qanday javob berganini aytdi
Besh karra Olimpiada chempioni, franciyalik dzyudochi Teddi Riner unga UFCdan uch jang uchun 15 mln evro taklif qilingani va bu taklifga qanday javob berganini aytdi.
"Javob — yo'q. Agar men UFC bilan shartnoma imzolagan bo'lsam, butun obro'yim, nomim yo'qqa chiqar edi. Bu menga qiziq emas. Aralash jang sanati — bu zo'ravonlik, chunki jangchilar qon to'kadi, biz esa farzandlarimiz bilan sodir bo'lishini istamaydigan narsalarni ko'ramiz.
SHu bilan birga, menimcha, dzyudochilar MMAga o'tishsa, ustunlikka ega bo'lishadi. CHunki bu dzyudo bizga ko'p yo'nalishda ustunlik qilish imkonini beradi", - dedi Riner.
Havola :
Manba : La Suer
Fikrlar