So’nggi yangiliklar

16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0

19 apr 14:40
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Olimpiya kelajagi musobaqalari start olmoqda

Xabar berib o'tganimizdek, O'zbekistonda ilk marotaba to'rtta sport turi (dzyudo, sport kurashlari, boks va taekvondo WTF) dan yangicha ko'rinishdagi Olimpiya kelajagi jamoaviy musobaqalari tashkil etilmoqda.

28-29 aprel kunlari Qashqadaryoda dzyudo bo'yicha musobaqaning hududiy bellashuvlariga start beriladi. Unda «S» guruhida Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyat terma jamoalari o'zaro kurash olib boradilar. Qayd etib o'tish lozimki, ular orasidan faqatgina bitta jamoa hal qiluvchi final bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.

Eslatib o'tamiz, respublika bo'yicha musobaqalar to'rtta mintaqaga ajratilgan holda tashkil etiladi. «A» guruhida Andijon, Namangan, Farg'ona va Toshkent viloyati terma jamoalari bahs yuritsalar, «B» guruhida Toshkent shahri, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari terma jamoalari final yo'llanmasi uchun kurash olib boradilar. «D» guruhida esa Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyati terma jamoalari o'rtasida musobaqalar tashkil qilinadi.

6-7 oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan final bellashuvlariga Termiz shahri mezbonlik qiladi.

Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan asos solingan «Olimpiya kelajagi» musobaqalarini tashkil qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad – yosh va iqtidorli sportchilarni saralab olish, joylarda sportning ommaviyligini oshirish, hududiy terma jamoalarni shakllantirish va o'quv-mashg'ulot bazalari holatini yaxshilashga qaratilgandir.

Musobaqalarning to'liq taqvimi Milliy olimpiya qo'mitasining rasmiy sayti orqali elon qilib boriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing