29 noy 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn: "Bivol va Beterbiev o'rtasidagi revansh jangi hali tayyor emas"
Britaniyalik promouter Eddi Xirnning aytishicha, yarimog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev va sobiq chempion Dmitriy Bivol o'rtasidagi revansh jangi tasdiqlanmagan.
"Hozircha bu revansh bo'yicha imzolangan va tasdiqlangan hech narsa yo'q. Ha, hammamiz bilganimizdek, Turki al ash-SHeyx birinchi jangdan so'ng darhol har ikki tomonni revansh jangiga chaqirgan va muzokaralar rostdan ham o'tkazilgan edi. Ammo hali hech narsa rasman tasdiqlanmagan. Barcha masalalar hal bo'lishi bilanoq, o'ylaymanki, u buni rasman o'zi elon qiladi", dedi Xirn.
Bokschilar o'rtasida 12 oktyabr kuni bo'lib o'tgan ilk jangda Artur Beterbiev ochkolar hisobiga ko'ra bahsli g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar