18 avg 13:02
Yangiliklar
Tennis
Ejeni Bushar 2021 yilning mart oyidan beri ilk marotaba kortga chiqdi
Uimbldon 2014 finalchisi Ejeni Bushar Vankuverdagi WTA 125 turnirining birinchi davrasida dunyoning 166-raqamli raketkasi Arianna Xartonoga imkoniyatni boy berdi - 2/6, 2/6.
Kanadalik tennischi o'tgan yilning mart oyida Monterreyda bo'lib o'tgan musobaqadan keyin ilk bor yakkalik bahsini o'tkazdi. Bushar 2021 yil iyun oyida elkasidagi jarohat tufayli jarrohlik amaliyotini o'tkazgan edi.
Malumot uchun, Bushar Vankuverda hamyurti Kayla Kross bilan juftlik bahslarida ishtirok etadi. Ular birinchi davrada Lusiya Bronzetti va Elisabetta Kokkiarettoni mag'lub etishgandi — 6/1, 6/7(3), 10:4.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar