09 apr 20:56
Yangiliklar
Tennis
Ekaterina Aleksandrova CHarlstondagi turnirning yarim finalchisiga aylandi
AQSHning CHarlston shahrida bo'lib o'tayotgan turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Jahonning 54-raketkasi, rossiyalik Ekaterina Aleksandrova turnirning chorak finalida WTA reytingida 64-o'rinni egallab turgan polshalik Magda Linettni 6/0, 6/2 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi.
Uchrashuv 1 soatu 3 daqiqa davom etdi. Ushbu vaqt davomida 27 yoshli Aleksandrova beshta eys zarbasini amalga oshirdi, to'pni o'yinga kiritishda besh marta xatoga yo'l qo'ydi va oltita breyk-poyntdan unumli foydalandi. 30 yoshli Linett esa eys amalga oshirmadi, ikkita qo'sh xatoga yo'l qo'ydi va bitta breyk qayd etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi, 1:1.
CHarlstondagi musobaqaning yarim finalida Aleksandrova shveycariyalik Belinda Benchich bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar