So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

20 okt 15:42
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev ishtirok etadigan Kanada Gran-prisining barcha juftliklari bilan tanishing

Xabar berganimizdek, 25-27 oktyabr kunlari Kanadaning Galifaks shahrida figurali uchish bo'yicha gran-pri turkumidagi turnir o'tkaziladi.

Musobaqaning juftlik dasturida O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev ham ishtirok etadi.

"ISU GRAND PRIX SKATE CANADA-2024" musobaqasi gran-prilar seriyasining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. U Geynish va CHigirev juftligi uchun debyut gran-pri bo'ladi. Bu bosqichda 5 mamlakatning 6 juftligi ishtirok etadi.

Barcha juftliklar:

1. Anastasiya Golyubova/Ektor Gyotopulos Muur (Avstraliya)

2. Kelli Ann Lourin/Lukas Eter (Kanada)

3. Dinna Stellato-Dudek/Maksim Desham (Kanada)

4. Annika Xokke/Robert Kunkel (Germaniya)

5. Emili CHan/Spenser Akire Xou (AQSH)

6. EKATERINA GEYNISH/DMITRIY CHIGIREV (O'ZBEKISTON).


Malumot o'rnida, figulari uchish sport turida Gran-prilar — bu jahondagi eng yaxshi figurali uchuvchilar o'rtasida o'tkaziladigan yillik musobaqalar to'plamidir. Ular 6 bosqichdan iborat bo'ladi. Har bir bosqichda sportchilar uchun egallagan o'rinlariga qarab, 3 balldan 15 ballgacha beriladi. Olti bosqich yakuniga ko'ra, eng yaxshi 6 nafar sportchi yoki juftlik final bosqichida ishtirok etadi. 

Eslatib o'tamiz, Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigirev juftligi sentyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi uchun o'zlarining ilk musobaqasida — "CHellenjer" turkumidagi "John Nicks Pairs Challenge International" turnirida qatnashib, uchinchi o'rinni egallashgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing