07 avg 16:55
Yangiliklar
Eshkak eshish, Parij-2024
Ekaterina SHubina uchun Olimpiada yakunlandi
Parij Olimpiadasida eshkak eshish bahslari davom etmoqda.
Musobaqada 500 metrga yakkalik qayiqlarda suzgan hamyurtimiz Ekaterina SHubina chorak finalda 8 nafar sportchi ichida 1:54.63 natija bilan 6-o'rinni band etdi. Bu orqali SHubina yarim finalga chiqa olmadi.
Avvalroq hamyurtimiz saralashda ham startga chiqqan va muvaffaqiyatsiz ishtirok etgandi.
SHu tariqa, SHubina uchun Parij Olimpiadasi yakunlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar