27 iyu 14:35
Yangiliklar
Tennis
Elena Ostapenko Istburnni zabt etdi
Istburn shahri mezbonligida o'tgan tennis bo'yicha WTA turniri latviyalik Elena Ostapenkoning g'alabasi bilan yakunlandi.
Sayyoramizning 43-raketkasi bo'lib turgan Ostapenko bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida WTA reytingida 27-pog'onada borayotgan estoniyalik Anett Kontaveytni 6/3, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning shu kungacha o'tkazilgan har ikki bahsida ham Elena zafar quchgan.
Oltmish besh daqiqa davom etgan finalda 24 yoshli Ostapenko 1 ta, 25 yashar Kontaveyt esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Viking International Eastbourne turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Elena Ostapenkoga 470 reyting ochkosi hamda 68,570 dollar mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar