27 mar 14:44
Yangiliklar
Tennis

Elena Ostapenko Mayamida Petra Kvitovadan ustun keldi
Dunyo reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan latviyalik tennischi Elena Ostapenko Mayamida navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Elena musobaqaning to'rtinchi bosqichida chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 43 daqiqa davom etgan bahsda Ostapenko 7:6, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Endi u chorak finalda ukrainalik Elina Svitolinaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar