24 iyu 08:16
Yangiliklar
Tennis
Elena Ostapenko o'z uyidagi turnirda yutqazib qo'ydi
Latviyaning Yurmala shahrida tennis bo'yicha WTA turniri davom etmoqda.
Kutilmaganda Latviyaning birinchi raqamli tennis malikasi Elena Ostapenko ilk davra uchrashuvidayoq mag'lubiyatga uchradi. 22 yoshli Ostapenko 1 soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda amerikalik Bernard Peraga yutqazdi - 2/6, 1/6.
Hozirda Elena dunyo reytingida 83, 24 yoshli Bernard esa 74-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Endi amerikalik tennischi Baltic Open turnirining ikkinchi davrasida qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadi. Elena birinchi bosqichda xitoylik Xan Sinyundan ustun keldi - 6/1, 6/2.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar