24 sen 15:20
Yangiliklar
Tennis

Elena Ostapenko Seuldagi turnir g'olibiga aylandi
Dunyoning o'ninchi raqamli tennischisi, latviyalik Elena Ostapenko Koreyada bo'lib o'tgan turnir g'olibiga aylandi.
U hal qiluvchi final o'yinida braziliyalik Beatris Xaddad Mayyuga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 15 daqiqa davom etgan o'yinda Ostapenko 6:7, 6:1, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va turnir bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar