27 mar 08:11
Yangiliklar
Tennis

Elina Svitolina chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi hisoblangan Elina Svitolina nimchorak final uchrashuvida g'alabaga erishdi. Ukrainalik tennis malikasi avstraliyalik Eshli Bartini 1 soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda 7:5, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Svitolinaning chorak finaldagi raqibasi birozdan so'ng malum bo'ladi. Ayni daqiqalarda davom etayotgan chexiyalik Petra Kvitova hamda latviyalik Elena Ostapenko bahsi g'olibasi 23 yoshli Svitolinaning chorak finaldagi raqibasiga aylanadi.
Havola :
Fikrlar