22 fev 08:03
Yangiliklar
Tennis

Elina Svitolina Dubayda yarim finalga chiqdi
Ukrainalik tennis malikasi Elina Svitolina Dubayda davom etayotgan turnirning chorak final uchrashuvida g'alabaga erishdi.
Svitolina 1/4 final bahsida ispaniyalik Karla Suares Navarroga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 18 daqiqa davom etgan uchrashuvda Elina raqibasini 6/2, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi dunyoning oltinchi raketkasi Dubai Duty Free Tennis Championships turnirining yarim finalida shveycariyalik Belinda Benchichga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar