18 apr 10:35
Yangiliklar
Tennis
Elina Svitolina karantinda nima etishmayotgani haqida gapirdi
Ukrainalik tennis malikasi Elina Svitolina Instagram sahifasida muxlislari bilan muloqotga kirishdi.
Elina koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan karantin vaqtini qanday o'tkazayotgani haqida berilgan savolga ham javob berdi.
"Karantin men uchun zerikarli o'tayapti, deb ayta olmayman. Kitob mutloaa qilyapman, bilimlarimni boyityapman, fitnes bilan shug'ullanyapman va hozirgidek Instagram sahifasida muxlislar bilan muloqotga kirishyapman. Faqat adrenalin va albatta maosh, gonorarlar etishmayapti, - dedi Elina.
Malumot uchun, koronavirus pandemiyasi sabab barcha ATP va WTA turnirlari 13 iyunga qadar bekor qilingan. Avvalroq Svitolinaning 27-30 aprel kunlari Madrid shahrida o'tkaziladigan virtual tennis turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar